Maldini Modrichning "Milan"ga o'tishi haqidagi xabarlarga aniqlik kiritdi

Eldor Akmurzayev
19 iyul 2019, 22:30
Milanning tehnik direktori Paolo Maldini Real yarim himoyachisi Luka Modrichning jamoaga kelishi haqidagi mish-mishlarga izoh berdi.

Modrich bilan hech qachon muzokara o'tkazmaganmiz. Jamoamizga yosh futbolchilarni izlamoqdamiz. Sababi, ularni shu yerda tarbiyalaymiz. Madriddek klubning futbolchisi tarkibimizning kuchayishiga sabab bo'ladi. Biroq, biz ular bilan umuman aloqa qilmaganmiz, – deydi 2009 faoliyatiga yakun yasagan rossonerilar afsonasi.

Avvalroq, Modrichning Milanga o'tishi Boban tufayli amalga oshishi mumkinligi haqida aytilgandi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Marca