Maydonda xushini yo'qotgan Gomes o'zini yaxshi his qilyapti

Aslanov Jasurbek
5 mar 2015, 13:14
"Suonsi" hujumchisi Bafetimbi Gomis o'zini yaxshi his qilayotganini ma'lum qildi.

Fransiya terma jamoasining 29 yoshli futbolchisi "Tottenxem"ga qarshi uchrashuvda (2:3) maydonda xushidan kyetib qoldi.

"Mendan havotir olayotganlarni tinchlantirmoqchiman. Muxlislar uchun bu qo'rqinchli tuyulgan bo'lsa kerak. O'zimni yaxshi his qilyapman. Otamning sog'ligiga qayg'urganim uchun stressda edim" - deydi futbolchi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: sport-express.ru