Lutfulla To'raev: "Paxtakor" maydonida ham g'alaba qozonish vaqti keldi"

Aslanov Jasurbek
16 iyul 2021, 21:32
"Bunyodkor"ning bugungi mashg'ulotidan so'ng jamoa yetakchisi Lutfulla To'raev fikrlarini bildirib o'tdi.

- Qisqa muddatli tatildan so'ng ikkinchi davraga tayyorgarlik qanday ketmoqda?

- Avvalambor, xalqimizni yaqinlashayotgan qurbon hayiti bayrami bilan tabriklayman. Birinchi davra ortda qoldi. Endilikda ikkinchi davra bahslariga tayyorgarlikni boshladik. Ikki mahaldan mashg'ulotlar bo'lib o'tmoqda. Birinchi kun tibbiy ko'rikdan o'tdik, kovidga test topshirdik. Xudoga shukur hamma sog'-salomat. 31 iyul kuni  "Paxtakor" bilan uchrashuvga jiddiy hozirlik ko'ramiz. 

- Bugun ushbu bahs "Bunyodkor" stadionida o'tmasligi haqida xabar chiqdi. Maydon maysasi achinarli holatga kelib qolgan. O'yin 

"Paxtakor" stadionida bo'lib o'tadi. Mazkur jarayonga munosabatingiz qanday?

- Bizni qo'limizda emas. Birinchi yig'ilgan kunimiz Shuhrat aka bu haqida aytdilar. O'ylashimcha, keyingi uy o'yinimizga maydon tayyor bo'lib ulguradi. 

- "Paxtakor" jamoasi oldingi mavsumlarda "Bunyodkor" stadionida yaxshigina qarshilikka uchragan, qiynalgandi. 

- Endi bu  -  futbol. Ikki yildan beri "Paxtakor" maydonida mag'lubiyatga uchrayapmiz. Demak, g'alaba qozonish vaqti keldi. Yutqazmaslikka harakat qilamiz. Derbi o'z nomi bilan derbi. Bu jamoalar o'rtasidagi to'qnashuvlar doim qiziqarli kechgan.



Jahongir yozib oldi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia