Lukaku: "MYU YCHLda guruhdan chiqishni istaydi"

Aziz Tukhtamuradov
14 okt 2018, 14:58
"Manchester Yunayted" futbolchisi Romelu Lukaku "Yuventus"ni Yevropaning eng yaxshi jamoalaridan biri deb hisoblaydi.

Eslatib o'tamiz, turinliklar YCHL doirasida MYU bilan bir guruhdan joy olganlar.

"Yuventus" ajoyib strategik rivojlanishga ega. Shuning uchun ham jamoa yildan-yilga oldinga ketmoqda. Shubhasiz, "Yuventus" Yevropaning eng yaxshi jamoalaridan biri. Ularda ajoyib tarkib va ajoyib murabbiy bor. Ronaldu boshqalardan ajralib turadi. Ammo, qolganlarni ham esdan chiqarmaslik lozim. Dibala borgan sari kuchayib bormoqda. Duglas Kosta ham yaxshi futbolchi. Biz oson guruhda emasmiz. "Manchester Yunayted" guruhdan chiqishni istaydi", - dedi Lukaku.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: La Gazzetta Dello Sport