Luis Enrike yana terma jamoa ruliga qaytishi mumkin

19 noya 2019, 01:21
Ispaniya terma jamoasining sobiq bosh murabbiy Luis Enrike yana o'z joyiga qaytarilishi mumkin, deya xabar bermoqda Mundo Deportivo.

Nashr xabariga ko'ra, Enrike 2020 yilgi Yevropa chempionati oldidan Robert Morenoning o'rnini egallashi kutilmoqda. Ispaniya qirolligi futbol federatsiyasi yaqin vaqt ichida ushbu yangilikni e'lon qilishi kutilmoqda.

Eslatib o'tamiz, Luis Enrike qizining sog'lig'i bilan bog'liq muammolar tufayli terma jamoa bosh murabbiyligini tark etgan, murabbiyning farzandi esa 2019 yilning sentyabrida yorug' dunyoni tark etandi.

Ispaniya terma jamoasi oktyabr oyining o'rtalarida muddatidan ilgari qita birinchiligiga yo'llanmani naqd qilgandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Mundo Deportivo