Luis Enrike: "Har bir o'yinda 8:0 hisobida yutishni istayman, lekin bu futbol"

Narzulla Saydullayev
1 may 2016, 12:05
"Barselona" ustozi Luis Enrike "Betis" ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng (2:0) o'z fikrlarini bildirdi.

"Ispaniya chempionatida raqobat juda kuchli – uchta jamoa chempionlik uchun kurashmoqda. Hozir barchasi o'z qo'limizda. G'alaba qiyinchilik bilan qo'lga kiritildi. Men har bir o'yinda 8:0 hisobida zafar quchishni istardim, ammo bu futbol", - deydi Luis Enrike AS nashriga.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: as.com