Luis Enrike Angliyada ishlamoqchi

Alisher
29 mar 2022, 13:00
Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis Enrike "Manchester Yunayted"ni boshqarishi mumkin.

51 yoshli mutaxassis APLda ishlashni xohlar edi, ammo JCH-2022ga qadar o'z termasidan kyetmaydi.

Murabbiyning Ispaniya futbol federatsiyasi bilan shartnomasi 2022 yilning 31 dekabriga qadar mo'ljallangan. Agar Enrikega Angliyadan yaxshi taklif kelib tushsa, u shartnomasini uzaytirmaydi va Qatardagi JCHdan so'ng jamoani tark etadi.

"Manchester Yunayted" tajribali ispanga qiziqish bildirmoqda. ammo ularga mutaxassis kelasi mavsum boshiga kerak.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Daily Mail