Luis Enrike: "Alaves" uchta imkoniyatdan ikkita gol urdi"

Aslanov Jasurbek
11 sen 2016, 16:10
"Barselona" bosh murabbiyi Luis Enrike "Alaves"dan uchralgan mag'lubiyat (1:2) haqida fikr bildirdi.

"Uzatmalar va futbolchilarning maydondagi joylashuvi aniq bo'lmadi. G'alaba qozonish doimo qiyin, ammo bunday mag'lubiyatlar tushunishga yordam beradi.

"Alaves" tartibli o'yin ko'rsatdi. Ular avval biz ishlatmagan sxema - 4-5-1 ni qo'llashdi. Bundan tashqari, ular uchta imkoniyatdan ikkita gol urishdi. Ikkinchi bo'limda yaxshiroq o'ynadik va bizda ham imkoniyatlar bo'ldi. Men tarkibga charchamagan o'yinchilarni kiritdim. Barcha futbolchilar bor kuchini sarflashdi" - deydi Enrike.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: fcbarcelona.com