Luidji Di Biyadjo: "Musobaqaga qiyin holatda tayyorgarlik ko'rmoqdamiz"

Абдулвосит Бектемиров
21 iyul 2025, 22:15
Saudiya Arabistoni U-23 terma jamoasi ustozi Luidji Di Biyadjo "Mirabror Usmonov Cup-2025" startidan avval musobaqa haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- Janob Biyadjio ertaga start oladigan "Mirabror Usmonov Cup-2025"ga Saudiya Arabistoni qay tarzda tayyorgarlik ko'rdi? Saudiyalik futbolchilar hozirgi kunda o'z klublari bilan mavsum oldi yig'inlarida ishtirok etayotgan edi...

- Biz ushbu musobaqaga qiyin holatda tayyorgarlik ko'rmoqdamiz. Sababi barcha futbolchilar terma jamoa ixtiyoriga klublaridagi yig'inlardan so'ng yetib kelishdi. To'liq tarkib yig'ilmagan, ayrim yetakchilarimizni klublari qo'yib yubormadi va ayrim o'yinchilar jarohat olishgan. Toshkentga olib kelgan tarkibimizda yangi futbolchilar ko'p. Ularga ushbu musobaqada imkoniyat berib ko'ramiz. Biroq ushbu holatda ham jamoa yaxshi tayyorgarlik ko'rdi deb hisoblayman va biz ertangi o'yinga tayyormiz.

- Musobaqadagi raqiblar O'zbekiston va Yaponiya terma jamoalari haqida fikr bildirib o'tsangiz. Saudiya Olimpiya terma jamoasi Osiyo "grand"lariga qarshi o'ynashga qanchalik tayyor?

- Ushbu mini-turnirda qitaning eng katta jamoalari ishtirok etyapti. O'zbekiston terma jamoasi yaqinda Jahon chempionatiga chiqdi, va sizning mamlakatingiz Osiyodagi eng yaxshi futbol maktablaridan biriga ega. Yoshlar terma jamoangiz ham so'nggi Osiyo Kuboklarida yaxshi ishtirok etib kelmoqda, ammo biz barcha raqibga qarshilik ko'rsatishga tayyormiz.

Yaponiya ham Osiyodagi katta nomlardan biri. Umumiy qilib aytganda, qiziqarli musobaqa bo'ladi. 



Eslatib o'tamiz, "Mirabror Usmanov Cup-2025" musobaqasidan o'rin olgan O'zbekiston U-23 - Saudiya Arabistoni U-23 uchrashuvi ertaga soat 20:00da "JAR" stadionida bo'lib o'ttadi.

Abdulvosit Bektemirov suhbatlashdi



O'xshash yangiliklar


Абдулвосит БектемировMuallif
Manba: championat.asia