Lui van Gal: Penaltilardan yutqazgandan ko'ra 1:7 yaxshiroq

Narzulla Saydullayev
10 iyul 2014, 09:02
Gollandiya terma jamoasi bosh murabbiyi Lui van Gal jamoasining Argentinaga mag'lub bo'lganidan so'ng (0:0, penaltilar bo'yicha 2:4) o'z fikrlarini bildirdi.
Penaltilar seriyasida mag'lub bo'lgandan so'ng 1:7 hisobida yutqazgan yaxshiroq. Juda xafaman. Penaltilar seriyasida mag'lub bo'lish - eng yomon variant. O'yin bo'yicha Argentina bilan teng va biroz kuchli edik.

Bugun faqat bitta vaziyat yaratdik. Argentinada ham xuddi shunday bo'ldi. Jamoalar safida Robben, van Persi va Messi kabi futbolchilar bo'la turib atiga bittadan vaziyat yaratishdi.

Agar o'zgartirish imkoniyati bo'lganida bugun ham darvozabonni almashtirardim. Indi Martinsda sariq bor edi va Peresni o'tkazib yuborayotgandi. De Yongning sog'ligi bilan o'ynashgim kelmadi. Van Persini kuchi tugagani uchun almashtirdim, – deydi van Gal.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru