Lui van Gal: MYU muxlislari Liverpulni mag'lub etganimizdan xursandlar

Narzulla Saydullayev
5 avg 2014, 10:17
Manchester Yunayted bosh murabbiyi Lui van Gal Liverpul ustidan qozonilgan g'alabadan (3:1) so'ng o'z fikrlarini bildirdi.
– AQSH va Angliyadagi muxlislarimiz Liverpulni taslim qilganimizdan xursandlar. Ular baxtiyor bo'lishsa biz ham baxtiyormiz.

Ammo eng muhim o'yin oldinda turibdi - Suonsiga qarshi bahs. Uni o'z foydamizga hal qilishimiz shart, – deydi gollandiyalik murabbiy.

Eslatib o'tamiz, APL 1-turidan o'rin olgan MYU– Suonsi uchrashuvi 16 avgust kuni bo'lib o'tadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru