Lui van Gal: Bunday o'yin bilan Braziliyada biron narsaga erisha olmaymiz

Aziz Tukhtamuradov
6 mar 2014, 09:36
Gollandiya terma jamoasi bosh murabbiyi Lui van Gal Fransiya terma jamoasidan uchralgan (0:2) mag'lubiyatdan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

Biz o'yinning dastlabki 25 daqiqasida ustunlikka erishdik. Ammo o'tkazib yuborilgan goldan so'ng o'yin tizginini qo'ldan boy berib qo'ydik. To'g'ri, Fransiya kuchli terma jamoa. Lekin bu yutqazishimizga asos bo'la olmaydi.

Bunday o'yin bilan Braziliyada biron bir narsaga erisha olishimizga ko'zim etmayapti, - deb aytib o'tdi van Gal.

Eslatib o'tamiz, JCH-2014 da Gollandiya terma jamoasi Ispaniya, Chili va Avstraliya terma jamoalari bilan bir guruxdan joy olgan. 


Aziz TukhtamuradovMuallif