Lui van Gal: Bu natijani tushuna olmadim, hakamlik borasida omadimiz kelmadi

Narzulla Saydullayev
9 dek 2015, 08:03
Manchester Yunayted ustozi Lui van Gal YCHL 6-turidan o'rin olgan Volfsburgga qarshi o'yindan so'ng (2:3) o'z fikrlarini bildirdi.

Bu natijani tushunish juda qiyin. Gol urganimizdan xursandman, lekin gol urgach tezda gol qo'yib yuborganimiz yomon bo'ldi. Nima bo'lganini hali tahlil qilib chiqqanim yo'q.

Guruh oddiy emasligini aytgandim, bu bizning va raqiblarning natijalaridan ko'rnib turibdi.

Bugun ham birinchi o'yinda ham hakamlik borasida omadimiz kelmadi. Guruhdagi barcha teng kuchli bo'lsa kichik xato ham sizning ziyoningizga ishlashi mumkin, – deydi van Gal.

Eslatib o'tamiz, MYU guruhda uchinchi o'rinni olib Yevropa ligasi 1/16 finaliga yo'l oldi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: bbc.com