Lotar Matteus Ostonada ish boshlashi mumkin

Narzulla Saydullayev
16 iyul 2013, 12:19
Mashxur germaniyalik mutaxassis Lotar Matteus Qozog'istonning Ostona klubi murabbiyiga aylanishi mumkin.
Oldinroq Matteus Avstriyaning Rapid (Vena) va Red Bull Zalcburg klublari bilan ishlagan. Partizan (Serbiya) bilan 2003 yil Serbiya va Chernogoriya chempioni bo'lgandi. Shuningdek Atletiko Paranaense (Braziliya), Makkabi (Netaniya, Isroil) klublarida faoliyat olib borgan. Matteus Vengriya va Bolgariya terma jamoalarida ham ishlashga ulgurgan.

Eslatib o'tamiz, Yevropa ligasining saralash bosqichi doirasida Bolgariyaning Botev klubidan ikki o'yinda uchralgan mag'lubiyatdan (0:6) so'ng Miroslav Beranek Qozog'iston klubidan o'z arizasiga ko'ra ketgandi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.kz