Loris: "Tottenxem"ni tark etish haqida o'ylagandim, ammo keyin Pochettino keldi"

Aslanov Jasurbek
24 apr 2016, 17:00
"Tottenxem" darvozaboni Ugo Loris jamoaga Maurisio Pochettino kelishidan oldin klubni tark etish haqida o'ylaganini tan oldi.

"Totenxem"da Villash-Boash va Shervud ishlaganidan so'ng jamoadan ketish haqida o'ylagandim. Ammo keyin Pochettino keldi va birinchi uchrashuvdayoq kelajagim oydinlashdi. Ilk soniyalardanoq unga ishona boshladim. Pochettino nima xohlayotganini tushunaman. U "Tottenxem"da hamma narsani o'zgartirdi" - deydi Loris.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Goal