Loris "Tottenxem" qaysi klubga o'xshashi zarurligini aytdi

Eldor Akmurzayev
20 iyul 2019, 01:30
Tottenxem kiperi Ugo Loris jamoasining Yuventus kabi ish ko'rishi kerakligi haqida fikr bildirdi.

Yuventus biz uchun tayyor namuna bo'lishi zarur. Men muvaffaqiyatlarga bo'lgan intilish hamda sovrinlar uchun kurashish haqida aytmoqdaman. Yuve qanday holatda bo'lishidan qatiy nazar har mavsum titullar uchun bahs olib boradi. Bu jahondagi eng yirik klublardan biri. Ular A Seriyada ketma-ket 8 mavsum zafar quchishdi va YCHL g'olibligi uchun ham harakat qilishdi. Investiciya rejasi hamda tarkibni shakllantirish bo'yicha turinliklar haqiqiy namuna va tayyor qolip hisoblanadi", - deydi "shporlar" posboni.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Daily Express