Loris: "Chelsi"ga qarshi o'yin tayyorgarligimizni ko'rsatib beradi"

Sherzod Nurmatov
8 avg 2022, 20:21
"Tottenxem" darvozaboni Ugo Loris APLning 2-turida bo'lib o'tadigan "Chelsi"ga qarshi o'yin oldidan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Chelsi" kuchli jamoa, ular ham chempionlik uchun kurash olib boradi. Biz ushbu o'yin orqali o'tgan mavsumga nisbatan kuchayganimizni isbotlashimiz lozim. Natija qanday bo'lgan taqdirda ham, hali oldinda ko'plab uchrashuvlar bor va unda yuqori natijalar ko'rsatish uchun birlashishimiz darkor", – dedi "shporlar" sardori.

Eslatib o'tamiz, "Tottenxem" APLning ilk turida "Sautgempton"ni 4:1 hisobida mag'lub etdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Evening Standard