Loris: "Buffon o'zining 39 yoshida qolganlardan ko'proq ishlamoqda, aynan shu tufayli u eng zo'ri"

Aslanov Jasurbek
6 avg 2017, 16:13
"Tottenxem" posboni Ugo Loris "Yuventus"ning 39 yoshli posboni Janluiji Buffonning darajasiga baho berdi.

"Buffonda o'zgacha bir narsa bor, uni tasvirlash qiyin. U - qolganlarni ilhmolantiruvchi futbolchi. "Yuventus" ko'plab afsonalar bo'lgan, ammo Buffon hozir ham turinliklar safida.

Yoshroq bo'lganimda, Buffon kumirim edi. Jiji va Iker Kasilyas juda yosh paytidan yuqori saviyada o'ynay boshlashgan, bu men uchun ilhom manbai edi. "Yuve" safidagi 16 mavsumdan so'ng Buffon hozir ham o'sha yoshligidek ekanligini ko'rsatmoqda. Bu yoshda eng yaxshi bo'lib qolish uchun qolganlardan ko'proq ishlash lozim. Aynan shu sababli u eng zo'ri" - deydi Loris.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com