Loran Blan: “Sent-Eten” yaxshi o'yin ko'rsatib, bizni ter to'kishga majbur qildi”

Tolibjon Qosimov
19 dek 2013, 11:49
PSJ klubi bosh murabbiyi Loran Blan, Liga Kubogi 1/8 finali doirasida “Sent-Eten”ga qarshi o'yinni izohlab o'tdi (2:1).

“Sent-Eten” yaxshi o'yin ko'rsatib, bizni ter to'kishga majbur qildi. Qiyin kechgan o'yinda g'alabaga erisha oldik. Bu g'alaba PSJ uchun keyingi o'yinlarda katta dalda bo'ladi. Biz har bir o'yinda g'alaba qozonishni istaymiz, shuning uchun Liga Kubogiga ham jiddiy tayyorgarlik ko'rayapmiz”, - Blanning so'zlarini keltiradi L`Equipe.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: football.kulichki.net