Lopetegi: "Sevilya"ni istaklar chulg'ab qolgan. Katta umid bilan o'yinga tayyorgarlik ko'rmoqdamiz"

Alisher
24 sen 2020, 11:00
"Sevilya" bosh murabbiyi Xulen Lopetegi Yevropa Superkubogi doirasidagi "Bavariya"ga qarshi o'yindan oldin o'z fikrlarini bildirdi.

"Men e'tiborimni jamoamdagi futbolchilarga qaratganman. Ularni boshqalar bilan taqqoslamayman. Men o'z darvozabonlarimdan juda ham mamnunman va ularga ishonaman.

Biz o'yinga katta umid bilan tayyorgarlik ko'ryapmiz. Jamoani istaklar chulg'ab olgan. Rasmiy o'yinlarga qaytganimizdan mamnunmiz. Bunday "Bavariya"ga qarshi o'yin bizni ruhlantirishi va o'sishga undashi kerak", - deydi Lopetegi.

Eslatib o'tamiz, "Bavariya" - "Sevilya" o'yini bugun Toshkent vaqti bilan soat 00:00da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: uefa.com