Lopetegi Peresdan sobiq shogirdini olib kelishni so'ramoqda

Mirjalol Normatov
15 okt 2018, 21:25
"Real" bosh murabbiyi Xulen Lopetegi jamoasini "Chelsi" futbolchisi orqali kuchaytirmoqchi.

"Football Espana" xabariga ko'ra, "qaymoqranglilar" bosh murabbiyi chap qanot himoyachisi Marseloning o'yinlaridan qoniqish hosil qilmayapti va uning o'rnida o'ynatish uchun Markos Alonsoni olib kelishni istamoqda. 27 yoshli futbolchi hozirda "Real"ning nishonida bo'lib turibdi. Alonso va Lopetegi Ispaniya termasida birga ishladi.

Bu mavsumda Alonso "Chelsi" tarkibida 10 uchrashuvda qatnashdi va 4 gol urib, 1 golga assistentlik qildi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Football Espana