Lopetegi Kovachichning noroziligi haqidagi ma'lumotni rad etdi

Aslanov Jasurbek
7 avg 2018, 13:44
"Real" bosh murabbiyi Xulen Lopetegi yarim himoyachi Mateo Kovachich jamoa bilan shug'ullanishni istamayotgani va boshqa klubga o'tmoqchi ekanligi haqidagi mish-mishlarga izoh berdi.

"Nima haqida gapirayotganingizni tushunmadim. U odatdagidek jamoadoshlari bilan shug'ullandi, xatto kichkina muammo ham yo'q. Kovachich biz bilan ekanligidan mamnunman.

Luka Modrichga to'xtaladigan bo'lsak, u qolishi yoki ketishi haqida bizda ma'lumot yo'q. Kerak paytda futbolchilarim bilan suhbatlashaman, ammo bu bizning shaxsiy ishimiz.

Modrich va Kovachich mamnuniyat bilan "Real"da o'ynashni davom ettirishadi" - deydi Lopetegi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca