London klubi Simeonening o'g'lini nishonga oldi

Alisher
21 yanv 2021, 15:54
"Kalyari"ning argentinalik forvardi Jovanni Simeone faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirishi mumkin.

Madridning "Atletiko" klubi bosh murabbiyi Diego Simeonening 25 yoshli o'g'li uchun "Vest Xem" da'vogarlik qilmoqda.

Klub Jovanni Simeoneni keyinchalik xarid qilish huquqi bilan mavsum so'nggiga qadar ijaraga olishga tayyor.

Simeone joriy mavsum Italiya chempionati doirasidagi 16ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol va 1ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Sky Sports