"Napoli" "Milan"ga qarshi o'yin oldidan hujumchisini yo'qotdi

Sherzod Nurmatov
8 apr 2023, 16:04
"Napoli" hujumchisi Jovanni Simeone kecha A Seriyaning "Lechche"ga qarshi o'yinida jarohat oldi.

Futbolchi 66-daqiqada maydonga tushdi, ammo jarohat olgani tufayli 82-daqiqadayoq almashtirildi.

Shikastlanish darajasi hali aniqlanmadi. Biroq Simeone 12 aprelgacha, yani "Napoli"ning YCHL doirasidagi "Milan"ga qarshi o'yiniga qadar tiklanishga ulgurmasligi ehtimoli katta.

Shuningdek, neapolliklar safdan chiqqan futbolchilari orasida yetakchi hujumchi Viktor Osimhen ham bor.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Football Italia