"Lokomotiv"ning navbatdagi uy uchrashuvi TTZda bo'lib o'tadi

Narzulla Saydullayev
28 sen 2015, 13:44
Oliy ligada chempionlik uchun kurash olib borayotgan "Lokomotiv" navbatdagi tur uchrashuvini o'z maydonida o'tkazadi.

"Temiryo'lchilar" 30 sentyabr kuni "Olmaliq"qa qarshi bahs olib borishadi.

Futbol klubimiz rahbariyatining ma'lum qilishicha, 30 sentyabr kungi o'yin TTZdagi "Lokomotiv" stadionida bo'lib o'tadi va uchrashuv 16:00da start oladi. Bir kun avval esa odatga ko'ra har ikkala jamoaning o'rinbosarlar tarkibi o'zaro kuch sinashishadi.  

Yoshlar ligasi uchrashuvi "Do'stlik" stadionida tashkil etiladi va bu o'yin ham 16:00da boshlanadi. Yana shuni ma'lum qilamizki, "Lokomotiv" - "Olmaliq" uchrashuviga atab chiptalar sotuvga chiqariladi. Chipta narxi 3000 (uch ming) so'm.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: lokomotiv.uz