

Mashg'ulot “Al Hilol” klubiga qarshi maydonlardan birida tashkil etildi.
Mashg'ulotda jamoa bilan tashrif buyurgan barcha futbolchilar ishtirok etishdi. Ma'lumki, Ar Riyod vaqti Toshkent vaqtidan roppa-rosa ikki soat farq qiladi.
Bugungi kun tartibidan odatga ko'ra o'yinoldi rasmiy tadbirlar o'rin olgan. Dastlab mahalliy vaqt bilan soat 16:30da (Toshkent vaqti bilan 18:30) har ikkala klub vakillari, shuningdek uchrashuv rasmiylari ishtirokida miting tashkil etilsa, 17:45da matbuot anjumani boshlanadi. Har ikkala tadbir ham “Al Hilol” klubida bo'lib o'tadi.
Bugungi rasmiy mashg'ulot o'yin bo'ladigan “Qirol Fahd” xalqaro stadionida olib boriladi. “Loko”ning o'yinoldi mashg'uloti soat 20:00da boshlanadi.










