"Lokomotiv"ning "Al Vahda" bilan o'yinga tayyorgarligi davom etmoqda FOTO

Xayrulla Xoliqov
2 mar 2019, 18:58
"Lokomotiv" 4 mart kuni Osiyo chempionlar ligasini boshlaydi.

O'zbekistonning amaldagi chempioni bu yil ham OCHLdagi ilk uchrashuvini xuddi o'tgan yildagi kabi BAAning "Al Vahda" klubiga qarshi o'tkazadi. 4 mart kuni TTZ "Lokomotiv" stadionida kechadigan bahs 16:00da boshlanadi. 

"Temiryo'lchilar" bugun o'yin bo'ladigan stadionda mashg'ulot o'tkazishdi. Barcha futbolchilarning kayifiyati chog' va hamma bo'lajak bahsga jiddiy tayyorgarlik ko'rmoqda. 

Ertaga o'yinoldi rasmiy mashg'ulot o'tkaziladi. "Lokomotiv" soat 15:00dan boshlab shug'ullanadi va bir soat davom etadi. "Al Vahda" mashg'uloti esa 16:00da boshlanadi. Har ikki mashg'ulotning dastlabki 15 daqiqasi OAV vakillari uchun ochiq bo'ladi. 

Quyida bugungi mashg'ulotdan fotosuratlarni keltirib o'tamiz.

 


O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: lokomotiv.uz