"Lokomotiv" sport direktori: "Timur Mamasidiqov yangi sxemamizga biroz mos kelmadi"

Iskandarov Abdulaziz
29 fev 2024, 16:04
Toshkentning "Lokomotiv" klubi ertaga start oladigan Superliga mavsumi oldidan yangi futbolchi va murabbiylarni tanishtirish marosimini o'tkazdi.

Tadbirda klub rahbariyatidan sport direktori Ravshan Muqimov va menejer Marat Bikmaev ishtirok etdi. "Lokomotiv" sport direktori Timur Mamasidiqovning "Olimpik"ka qaytishi haqidagi savolga batafsil javob berdi. 

"Timur yangi sxemamizga biroz mos kelmadi. Qolaversa o'zi ham "Olimpik"da o'ynash istagini bildirdi. Lekin futbolchi bilan klubning ikki yillik shartnomasi bor. U yana kuchga to'lib qaytadi. "Olimpik"ka esa ijaraga berdik. Bu futbolda bo'ladigan narsa. ",- deydi Ravshan Muqimov.

 

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: championat.asia