"Lokomotiv" sobiq hujumchisini ortga qaytarmoqchi

Khoja
21 dek 2025, 09:28
Superligaga qaytgan "Lokomotiv" sobiq hujumchisini ortga qaytarmoqchi.

 "Temiryo'lchilar" o'tgan mavsum "Bunyodkor"da o'tkazgan Temurxo'ja Abduxoliqov bilan shartnoma imzolashni reja qilmoqda. Bu haqda Narzulla Saydullaev xabar bermoqda.

Avvalroq, "Lokomotiv" OKMK yarim himoyachisi Sardor Mirzaevni ham ortga qaytarishi haqida xabarlar tarqalgandi.

Abduxoliqov "Bunyodkor"dagi ikki yilda jami 57 ta o'yinda maydonga tushib, 14 ta gol urdi va 8 ta golli uzatma sohibiga aylandi.

Ma'lumot uchun, 34 yoshli hujumchi faoliyati davomida jami 6 yil "Lokomotiv" safida harakat qilgan. U Toshkent jamoasi safida 161 ta uchrashuvda maydonga tushgan. Uning hisobida 79 ta gol va 10 ta assist bor. U "Lokomotiv" safida 2 marta O'zbekiston chempionligini qo'lga kiritgan. 

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.asia