"Lokomotiv" - "Qizilqum" uchrashuvi TTYMI stadionida bo'ladi

Narzulla Saydullayev
15 may 2014, 12:11
Oliy liganing 8-turidan o'rin olgan "Lokomotiv" - "Qizilqum" uchrashuvi "Lokomotiv" stadionida bo'lib o'tmaydi.
"Lokomotiv" klubi rasmiy sayti va PFL sayti bergan xabarlarda bahs Toshkent Temir-yo'l muhandislari instituti stadionida bo'lib o'tishi qayd etilgan.

"Lokomotiv" - "Qizilqum" uchrashuvi 16 may kuni soat 18:00da TTYMI stadionida boshlanadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia