Lokomotiv OAV vakillarini matbuot anjumaniga chorlaydi

Narzulla Saydullayev
6 fev 2014, 13:35
Xabaringiz bor, 8 fevral kuni Lokomotiv klubi Osiyo Chempionlar ligasi saralash bahslari doirasida Quvaytning Quvayt sport klub jamoasi bilan kuch sinashadi.
Ananaga ko'ra uchrashuvdan bir kun avval ikkala jamoa bosh murabbiylari va bittadan futbolchi ishtirokida matbuot anjumani o'tkaziladi.

Lokomotiv - Quvayt SK uchrashuvidan oldingi matbuot anjumani 7 fevral kuni soat 13:00da Paxtakor markaziy stadionining matbuot anjumanlari xonasida boshlanadi. Unda dastlab Quvayt SK bosh murabbiyi, ruminiyalik Ion Marin hamda bir nafar futbolchi ishtirok etadi.

Anjumanning ikkinchi qismida esa Lokomotiv bosh murabbiyi vazifasini bajaruvchi Hakim Fuzaylov hamda jamoamiz yetakchisi Islom To'xtaxo'jaevlar hozir bo'lishadi va ommaviy axborot vositalari xodimlarining savollariga javob qaytarishadi. Barcha OAV vakillarini matbuot anjumaniga taklif etamiz.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: lokomotiv.uz