

“Temiryo'lchilar” ayni paytda mazkur uchrashuvga jiddiy hozirlik olib borishmoqda. Jamoa “Lokomotiv” stadionida har kuni mashg'ulot o'tkazmoqda. Mashg'ulot jarayonida jamoaning barcha a'zolari qatori ko'rikda bo'lib turgan futbolchilar ham ishtirok etishmoqda. Jumladan, Sarvar Karimov, Bobir Davlatov, Idris Bikmaykin hamda Olabiran Blessing Muyiva “Loko” bilan birgalikda shug'ullanmoqda.
Mashg'ulotlar har kuni turlicha mashqlar jamlanmasini o'z ichiga olgan holda tashkil etilmoqda. Bugungi mashg'ulotda ham rangbarang mashqlar bajarildi. Quyida jamoamizning mashg'ulotidan video hamda fotolavhalarni tomosha qilishingiz mumkin:
TAS-IX Emas








