

“Temiryo'lchilar” jamoa qarorgohida yig'ilishdi hamda kechki payt mashg'ulot o'tkazildi. Unda jamoamizning deyarli barcha a'zolari ishtirok etishdi. Qolaversa, “Loko” mashg'ulotlariga istedodli futbolchi Idris Bikmaykin ham qo'shildi. U “Lokomotiv”ning Minskda o'tadigan xorij yig'inida ishtirok etadi. Shuningdek, o'z yurtiga biroz hordiq chiqarish uchun yo'l olgan jamoamiz a'zosi – Muhammad Kone yig'inga Minskda qo'shiladi.
Umuman olganda, bugungi mashg'ulot jarayoni ancha ko'tarinki ruhda o'tdi. Quyida undan olingan fotosuratlarni tomosha qilishingiz mumkin:
















