"Lokomotiv" himoyachisi "Neftchi"ga o'tdi

Narzulla Saydullayev
15 iyul 2018, 23:05
Farg'onaning "Neftchi" klubi yozgi transferlar oynasi paytidagi so'nggi shartnomalaridan birini imzoladi.

  Farg'onaliklar o'z safiga "Lokomotiv" jamoasi himoyachisi Boburbek Yuldashevni qo'shib olishdi. "Neftchi" biroz avval 25 yoshli mahoratli o'yinchini Superliga bahslarida maydonga tushish uchun ro'yxatdan o'tkazdi. O'zaro kelishuvga ko'ra, shartnoma mavsum so'nggiga qadar mo'ljallandi. Takidlash joiz, Boburbek Yuldashev o'tgan mavsumda ham Farg'ona shahri jamoasi safida faoliyat olib borgan edi.

“Neftchi jamoasi, shuningdek, Doniyor Odilov hamda Avaz Mamatxo'jaev bilan ham shartnoma imzoladi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfl.uz