"Lokomotiv" ertaga 20-turning qoldirilgan uchrashuvini o'tkazadi

Narzulla Saydullayev
17 okt 2016, 13:16
"Lokomotiv" futbolchilari ertaga, 18 oktyabr kuni Oliy liganing 20-turidan o'rin olgan qoldirilgan o'yinni o'tkazishadi. "Temiryo'lchilar" Muborakda "Mashal" mehmoni bo'lishadi.

Uchrashuv "B.Vafoev" nomli stadionda soat 16:00da boshlanadi. Bahsni navoiylik hakam Rustam Bobomurodov boshqarib boradi. Hakamlar nazoratchisi Dmitriy Roman. O'zPFL vakili: Vladimir Shtern.

Rustam Bobomurodovga qanotlarda M.Majidov bilan F.Rasulov yordam berishadi. To'rtinchi hakam: D.Jalimov. Bugun bo'lib o'tadigan har ikkala jamoa o'rinbosarlari o'rtasidagi Yoshlar ligasi bahsi esa 15:30da start oladi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: lokomotiv.uz