Lokomotiv Birlashgan Arab Amirliklarida yig'in o'tkazadi

Narzulla Saydullayev
3 yanv 2014, 15:24
OCHL-2014 pley-off baxslariga tayyorgarlik ko'rayotgan temiryo'lchilar BAAda yig'in o'tkazadi.
Jamoa 11 yanvardan to 25 yanvargacha Abu Dabi shaxrida mashg'ulotlarni davom ettiradi. Hakim Fuzaylov shogirdlari yig'in davomida Abu Dhabi Armed Force Club & Hotel mexmonxonasida yashaydilar. Mashg'ulotlar Zayed Sport City stadionida olib boriladi. Takidlash joizki, o'tgan 2013 yil ham temiryo'lchilar aynan shu shaxarda, shu mexmonxona va shu stadionda mavsumga tayyorgarlik ko'rgan edilar. Yana bu yig'in davomida bir necha Yevropa va Osiyo klublari bilan nazorat-o'rtoqlik uchrashuvlari ham o'tkazaladi. Aynan qaysi jamoalar bilan bilan o'yin o'tkazilishi haqida bir ozdan so'ng xabar beramiz.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: lokomotiv.uz