

Jamoa kecha birinchi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazib, Turkmanistonning Oltin Asr klubini 1:0 hisobida mag'lub etdi.
Bugun ertalabki mashg'ulot trenajyor zalida tashkil etildi. Futbolchilar jismoniy mashqlar ustida ishlashdi. Kechki mashg'ulot esa futbol maydonida bo'lib o'tadi.









