"Lokomotiv" - "Al Hilol" uchrashuvi "Bunyodkor" stadionida bo'lib o'tadi

Narzulla Saydullayev
19 may 2016, 11:58
Osiyo chempionlar ligasi 1/8 finalida "Lokomotiv" klubi o'z uyida "Al Hilol"ni qabul qiladi.

Bu haqda O'FF rasmiy tvitteri xabar berdi. 24 may kungi bahs Toshkentdagi "Bunyodkor" stadionida bo'lib o'tadi. "Temiryo'lchilar" ishtirokidagi o'yin soat 18:00ga belgilangan.

Eslatib o'tamiz, "Al Hilol" - "Lokomotiv" o'rtasidagi birinchi o'yinda 0:0 hisobi qayd etildi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia