

Mazkur turnirda ishtirok etgan “Lokomotiv” futbol maktabining 2000 yilda tug'ilgan tarbiyalanuvchilari yakunda birinchi o'rinni qo'lga kiritishdi.
Alisher Bozorov shogirdlari musobaqa davomida to'rtta o'yin o'tkazib, barchasida g'alaba qozonishdi. Dastlab “Andijon” 5:1 hisobida mag'lub etilgan bo'lsa, keyin “Chilonzor” 5:3 hisobida mag'lubiyatga uchratildi.
Yarim finalda “Buxoro” jamoasiga qarshi bahs olib borgan yosh “temiryo'lchilar” raqibdan 5:2 hisobida ustun kelishdi. Va nihoyat hal qiluvchi final o'yinida “Paxtakor” tarbiyalanuvchilari 1:0 hisobida dog'da qoldirdi. Final bahsida “Lokomotiv-2000″ga g'alaba keltiruvchi gol muallifi Hurmat Yuldashev bo'ldi. Biz Alisher Bozorov jamoasini xotira turniridagi ajoyib yutuq bilan tabriklab qolamiz.







