"Liverpul"ning sobiq futbolchisi: "U MYUni yuqori o'rinlarga qaytara oladigan murabbiy emas"

Mirjalol Normatov
10 dek 2023, 11:33
"Liverpul"ning sobiq futbolchisi Denni Merfi "Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Erik ten Xagni jiddiy tanqid ostiga oldi.

"Bornmut"ning "Old Trafford"da g'alaba qozonishi endi hech kimni ajablantirmayapti. Bu Erik ten Xag haqida bilishimiz kerak bo'lgan oddiy narsa. Erik ten Xag "Yunayted"ni yuqori o'rinlarga qaytara oladigan murabbiy emas.

Ayni tarkibi bilan MYU "Arsenal", "Manchester Siti" va "Liverpul"ga raqobat qila olmaydi. Ten Xag qo'l ostida yaxshi o'tgan ilk mavsumdan keyin jamoada o'sish ko'rinmayapti va teskarisi - pasayish kuzatilmoqda. Buni esa murabbiy o'zgartirishi kerak.

Albatta, barchasiga ham ten Xagni aybdor qilib bo'lmaydi. Ayrim muammolar futbolchilarda bor. Biroq klub ten Xagga transfer ishlarida juda katta ta’sirini berib qo'ygan. Bu orqali esa ayrim futbolchilarga motivaciya yetishmayapti. Bunga esa murabbiy o'z taktik rejalari bilan echim bo'la olishi lozim", - dedi Merfi "Daily Mail" nashriga.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Daily Mail