“Liverpul”ning 3 futbolchisi safga qaytdi

Eldor Akmurzayev
23 dek 2020, 21:10
Mersisaydliklar yarim himoyachisi Tyago Alkantara APL 5-turi doirasida o'tgan “Everton”ga (2:2) qarshi derbida jarohat olgandi.

U bugun jamoaviy mashg'ulotlarga qo'shildi. Shuningdek, Jeyms Milner va Jyerdan Shakiri ham safga qaytdi.

Yurgen Klopp shogirdlarini oldinda 27 dekabr kuni chempionat doirasida o'tadigan “Vest Bromvich”ga qarshi bahs kutmoqda.

Instagram'dagi maxsus @angliyafutboli sahifamizga obuna bo'ling!

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: twitter.com/LFC