

Ertangi kunning markaziy bahsi "Enfild"da bo'lib o'tadi. Unda "Liverpul" jamoasi "Bavariya"ni qabul qiladi.
Myunxenliklar matbuot xizmati "qizillar"ga qarshi bellashuv uchun Angliyaga uchadigan futbolchilar nomini e'lon qildi.

Jamoaning tajribali vingeri Frank Riberi yana bir bor ota bo'lgani sababli Liverpulga ertaga yetib boradi. Bundan tashqari, Germaniyaning "Kicker" nashri tarqatgan ma'lumotga ko'ra, myunxenliklar yetakchisi Tomas Myuller ikkita o'yinni o'tkazib yuborishiga qaramay jamoa bilan birga Tumanli o'lkaga uchmoqda. Bundan maqsad - jamoani qo'llab-quvvatlash va o'yinchilarga dalda bo'lish.



