"Liverpul" va "Milan" sobiq futbolchisi Segunda klubiga o'tdi

Alisher Ostonov
8 iyun 2025, 15:55
"Milan" va "Sevilya"ning sobiq futbolchisi Suso "Kadis"ga o'tdi.

31 yoshli vinger Ispaniya ikkinchi divizioni klubi bilan 4 yillik shartnoma imzoladi. Suso "Sevilya"ni erkin agent sifatida tark etdi.

Ispaniyalik "Kadis" tarbiyalanuvchisi bo'lib, 16 yoshida "Liverpul"ga o'tgan. Shuningdek, u "Almeriya", "Milan" va "Jenoa" klublarida ham o'ynagan.


O'xshash yangiliklar


Alisher OstonovMuallif
Manba: cadizcf.com