“Liverpul” va “Arsenal” ispaniyalik futbolchi uchun kurashadi

Khoja
13 fev 2024, 11:22
“Real Sosedad” yarim himoyachisi Martin Subimendi faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin.

25 yoshli futbolchiga “Liverpul” va “Arsenal” tomonidan jiddiy qiziqish bo'lmoqda.

Yarim himoyachining amaldagi jamoasi bilan shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Uning transfer narxi 60 million evroga baholanmoqda.

Ma'lumot uchun, Martin Subimendi joriy mavsum barcha musobaqalarda 34 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 4 ta gol va 1 ta golli uzatma bor.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.com