“Liverpul” sobiq futbolchisi rakni engdi

Eldor Akmurzayev
23 apr 2020, 20:30
Mersisaydliklar safida 100dan ortiq o'yin o'tkazgan Dominik Matteo ushbu quvonchli xabarni Instagram'dagi sahifasi orqali e'lon qildi.

“Kecha men ibodatlarimda so'ragan qo'ng'iroq bo'ldi. Miyam rasmi toza edi. Olti oylik qo'rquv, og'riq, reabilitaciya, jarrohlik va davolanishdan so'ng men sog'lomman”, degan Matteo.

Dominik 2009 yil futbolchilik faoliyatini yakunlagan. U “Liverpul”dan tashqari, “Sanderlend”, “Lids”, “Blekbern”, “Stok Siti” kabi jamoalar sharafini himoya qildi. Shotlandiyalik himoyachi terma jamoa safida 2000-2004 yillarda o'ynagan.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: euro-football.ru