"Liverpul" "Roma" o'yinchisini o'z safiga qo'shib olmoqchi

Alisher
14 fev 2022, 13:15
"Roma" xavbeki Nikolo Zanolo Angliyaga yo'l olishi mumkin.

22 yoshli yarim himoyachiga "Liverpul" qiziqish bildirmoqda.

Angliya grandi o'yinchi uchun Turinning "Yuventus" klubi bilan kurashadi. "Roma" Zanoloni sotishni rejalashtirmoqda, sababi u bilan yangi shartnoma borasida kelisha olmayapti. Uning shartnomasi yana ikki yilga amal qiladi.

Nikolo joriy mavsum A Seriya doirasidagi 20ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 2ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Calciomercato