"Liverpul" Mauntni sotib olmoqchi

Sherzod Nurmatov
18 fev 2023, 18:47
Ingliz klubi "Chelsi" futbolchisi Meyson Maunt klubi bilan kelisha olmayotganidan foydalanib qolmoqchi.

London klubi va Maunt o'rtasidagi shartnoma borasida kelishilmovchilik yuzaga kelgan. Yarim himoyachi o'z xohish-istaklarining "Chelsi" bilan bitimga mos kelmayotganidan norozi. Shu tufayli 24 yoshli futbolchi g'arbiy Londonni Mersisaydga almashtirishi mumkin. 

Ma'lum qilinishicha, Maunt o'zining ayni paytdagi haftalik daromadi 80 ming funtning uch baravar oshirilishini istaydi. Hozir "Stemford Brij" egalari bunga tayyor emas. Bu "Liverpul"ning Angliya terma jamoasi a'zosini qo'lga kiritish uchun harakatga tushishiga sabab bo'ldi. "Qizillar" ustozi Yurgen Klopp uzoq vaqtdan buyon Meyson Mauntning muxlisi bo'lib kelgan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Daily Mail