"Liverpul" hujumchisi tizzasidan jarohat oldi

Sherzod Nurmatov
18 fev 2024, 01:59
Diogu Jota "qizillar"ning jarohatlangan a'zolari safiga qo'shildi.

"Liverpul" hujumchisi Diogu Jota Angliya chempionati doirasidagi "Brentford"ga qarshi o'yinda jarohat oldi.



Uchrashuv davomida portugaliyalik tizzasidan kuchli zarba qabul qilib olib, maydonni zambilda tark etdi. U tez orada tibbiy tekshiruvdan o'tadi.

"Liverpul"da jarohatlangarlar orasida Jotadan tashqari Alisson Beker, Trent Aleksander-Arnold, Tiago Alkantara, Joel Matip, Dominik Soboslai va Stefan Baychetichni ko'rishingiz mumkin.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sky Sports