“Liverpul-Gol” klubi yosh futbolchilar tanlovini e'lon qiladi

Narzulla Saydullayev
26 yanv 2014, 18:30
2009 yili tashkil etilgan “Liverpul-Gol” bolalar futbol klubi Toshkent shahar bolalar-o'smirlar birinchiligining ishtirokchisi sanaladi.
O'z vaqtida Azizbek Haydarov, Aziz Ibragimov, Aleksandr Lobanov kabi hozirda taniqli bo'lgan yigitlarni tarbiyalashgan O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan murabbiy Anvar O'rinov, Mirjamil G'ulomov kabi mutaxassislar klubga rahbarlarlik qilishmoqda.

Murabbiylar shtabida esa o'tmishdagi mashhur o'yinchilar – Dilmurod Nazarov, Samandar Akbarov, Rustam Yaraliev, Asad Rasulov hamda Otabek Qodirov kabi ustozlar bolalarga futbol sirlarini o'rgatishmoqda.

“Liverpul” klubi 2001, 2002, 2003, 2004, 2005 va 2006 yillarda tavallud topgan bolalar uchun tanlov e'lon qiladi va ularni jamoa safiga chorlaydi! Ota-onalar o'z farzandlarini klubga haftaning seshanba, payshanba va shanba kunlari soat 15:30dan to 18:00gacha olib kelishlari mumkin.

Har bir bola o'zi bilan birga tug'ilganlik haqidagi guvohnomadan kseronusxa, sog'ligi haqida tibbiy ma'lumotnoma va sport formasi olib kelishi so'raladi.

Murojaat uchun telefon: (+998 94) 697 19 22, Mirjamil G'ulomov.

Manzil: Ozarbayjon markazi yonidagi sun'iy qoplamali maydon. Mo'ljal: Eski Sarakulka ko'chasi, eski Tezikovka tarafda.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia