"Liverpul" futbolchisi "Napoli"ga o'tishi mumkin

Aslanov Jasurbek
22 mar 2025, 19:18
Federiko Keza yozda "Liverpul"ni tark etadi.

Bu haqda Calciomercato xabar bermoqda.  

Agar futbolchi maoshini kamaytirishga rozi bo'lsa, A Seriyaga qaytishi mumkin.  

Italiyada Keza uchun ehtimoliy variant "Napoli" bo'lib qoladi. Federiko – murabbiy Antonio Kontega yoqadigan o'yinchi. Yaqin oylarda tomonlar muzokaralarni boshlashi ehtimoldan xoli emas.  

Joriy mavsumda Keza APLda uchta o'yinda ishtirok etdi va maydonda 8 daqiqa vaqt o'tkazdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Calciomercato